BIOLOGIK FAOL QO'SHIMCHALAR
BFQ - bu kunlik salomatlik ulushidir!
To'g'ri ovqatlanish - bu salomatlik asosi. Ratsioningizni to'laqonli bo'lishida taomingizga biologik faol qo'shimchalar (BFQ) yordam beradi.
BFQ - bu tabiiy minerallar, vitaminlar, ozuqa tolalari, davolovchi o'simlik ekstrakti, to'yintirilmagan yog' kislotasi, aminokislotalar va boshqa foydali mahsulotlar kompleksi. Ular ozuqadagi yetishmovchiliklarni to'ldiradi, foydali moddalarning singishiga ko'maklashadi, organlarning ichki rezervlarini aktivlashtiradi va ko'plab kasalliklarning oldini oladi.
Ko'plab olimlar va shifokorlarning fikricha, BFQlarning doimiy iste'mol qilinishi, nafaqat uzoq vaqt yosh, sog'lom va quvvatli bo'lib qolishga ko'maklashadi, balki, hayot sifatini sezilarli darajada oshiradi.

KLASSIK XIT

To’qimalarning himoyasi va ozuqasi. Har kuni.
Klassik Hit(Classic Hit) mahsulotlari organizmni to’qima darajasida majmuaviy himoyalashni ta’minlaydi. Ular to’qimalarning hayotiy siklini uzaytiradi va ular yana yosh va sog’lom to’qimalar kabi ishlay boshlaydi. Agar to’qima sog’lom bo’lsa, organism ham sog’lom hisoblanadi. Davolovchi vositalardan farqli o’laroq, Klassik Hit mahsulotlari har bir to’qimani to’yintirgan holda kasallik alomatiga emas, sabablariga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan, har qanday kasallikni davolashni Klassik Hit mahsulotlarini qabul qilishdan boshlash zarur. Ularning ta’sir qiluvchi komponentlari sizning organlaringiz va sisitemangizni himoya qiladi va funksiyasini yaxshilaydi, ko’plab nohush holatlarning paydo bo’lishini oldini oladi va yo’qotadi.
Klassik Hit mahsulotlari Fransiyadagi Arkopharma (Arkofarma) laboratoriyasida ishlab chiqilgan va Irlandiyaning zamonaviy farmokologik Nutripharma (Nutrifarma) korxonasida ishlab chiqariladi. Klassik Hit mahsulotlarining samaraviyligi nafaqat, klinik tadqiqotlar tomonidan tasdiqlangan balki, yuzlab va minglab is’temolchilar tomonidan olingan ijobiy natijalar bilan sinalgan.

DIRECT HIT

Mahsulotlar - yo'naltirilgan ta'sirli muttaxasislar
Direct Hit mahsulotlar liniyasining har biri yo'naltirilgan ta'sirga va effektga ega. Liniya, aniq bir kasalliklar bilan kurashishga mo'ljallangan mahsulotlarni o'zida mujassamlashtiradi. Birgalikda ular salomatlikdagi ko'plab muammolarni yechishga yordam beradi. Liniya mahsulotlari surunkali kasalliklarda axvolni yengillashishiga yordam beradi, kasallikning rivojlanishini oldini oladi, kasallik qaytalanishi va yuzaga kelishi mumkun bo'lgan og'ir holatlarning oldini oladi.
Direct Hit muttaxasis-mahsulotlari - organizmning aynan yordamga muhtoj bo'lgan sohalarida samarali va ishonchli davolashga yordam beradi.

JUNIOR XIT

Farzandlaringizning kunlik himoyasi
Fransuz korxonasi Arkofarma tomonidan Irlandiyada bolalar uchun ishlab chiqarilgan vitamin-mineral kompleks. Ular o'sib boruvchi organizm uchun asosiy vitaminlar, makro- va mikroelementlar majmuasi hisoblanadi. Ularning tarkibiga bolaning to'g'ri rivojlanishi uchun zarur bo'lgan barcha vitaminlar, minerallar va o'simlik komponentlari kiritilgan. Junior Hit bolalar kompleksi tananing harakatga keldiruvchi apparatining rivojlanishiga ko'maklashadi, to'g'ri aqliy va jismoniy faollikni rivojlantiradi.
Undan tashqari, ularning mazasi yoqimli. Junior Hit mahsulotini doimiy qabul qilishning natijasi oydin - bu bola organizmidagi barcha rivojlanish pog'onalarining uyg'unligi.