Ommaviy taklif

vision.group/uz/ - internet doʼkoni ommaviy ofertasi

Mazkur Ommaviy Oferta (keyingi oʼrinlarda — Shartnoma) MCHJ "VIP CLASSIK" Masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʼrinlarda — MChJ) u bilan mazkur shartnomada keltirilgan shartlar asosida mahsulotga doir oldi-sotdi shartnomasini tuzish layoqati va zarur vakolatlarga ega boʼlgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoʼnaltirilgan rasmiy taklifi hisoblanadi va shartnomaga tegishli barcha muhim shartlarni oʼz ichiga oladi.

  1. HUQUQIY АSOSLАR

    1.1 Ushbu Oferta Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda "Elektron tijorat toʼgʼrisida"gi, "Elektron hujjat aylanishi toʼgʼrisida"gi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan ishlab chiqilgan boʼlib, MCHJ "VIP CLASSIK" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli https://vision.group/uz/internet manzilida joylashgan internet-doʼkonda taqdim etilgan Tovarlarni (ishlar, xizmatlar) elektron shaklda realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.

    1.2 Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʼyxatdan oʼtkazish hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 407–sonli, 2003 yil 13 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 75-sonli hamda 2016 yil 02 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 185-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Nizom va Qoidalariga asosan tartibga solinadi.

    1.3 Isteʼmolchilar huquqini himoya qilishga doir masalalar Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʼzbekiston Respublikasining 26.04.1996 yil 221-I-sonli «Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish toʼgʼrisidagi» Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

  2. АTАMАLАR TА’RIFI

    2.1 В настоящей оферте, если контекст не требует иного, нижеприведенные термины имеют следующие значения и являются ее составной неотъемлемой частью:

    Аktsept — huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi taklifda koʼrsatilgan shartlarda shartnoma tuzishga taklif (oferta)ga rozilik.

    Internet-doʼkon saytida Tovarga buyurtma berish — https://vision.group/uz/internet manzili boʼyicha joylashgan NRK1987. MChJning internet-doʼkoniga qarashli saytda yoki 8 800 555-27-21 telefon raqami orqali Tovarni sotib olish soʼrovini rasmiylashtirish jarayonida Sotib oluvchi tomonidan sotuvga chiqarilgan Tovar assortimenti orasidan koʼrsatilgan pozitsiyalar.

    Internet-doʼkon — https://vision.group/uz/internet manzili boʼyicha joylashgan sotuvchi NRK1987. MChJning rasmiy Internet-doʼkoni.

    Oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yoʼnaltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning) irodasi ifoda etilgan hamda taklifda koʼrsatilgan shartlarda shartnoma tuzishga javob qaytargan (aktsept qilgan) shaxslar bilan shartnoma tuzish.

    Sotuvchi— MCHJ "VIP CLASSIK" masʼuliyati cheklangan jamiyatining chakana savdo

    Sotib oluvchi — amaldagi shartnoma shartlari asosida aktseptni qabul qilgan pirovard isteʼmol va oʼzining xoʼjalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs (Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari).

    Tovar — tomonlar kelishuvining obʼekti, https://vision.group/uz/internet manzili boʼyicha joylashgan “NRK1987.» MChJning rasmiy internet-doʼkonida taqdim etilgan assortiment roʼyxati.

    Elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) Sotuvchi yoki ularning Sotib oluvchisi boʼlgan jismoniy shaxs.

  3. UMUMIY HOLAT

    3.1 Internet-doʼkon saytida taqdim etilgan Tovarga buyurtma berish orqali Sotib oluvchi joriy ofertaning barcha shartlariga oʼz roziligini bildiradi va Oferentning shartnomasida koʼrsatilgan shartlarning qabul qilinganligini bevosita ifodalaydi.

    3.2 Internet-doʼkon sayti maʼmuriyati Sotib oluvchini oldindan ogohlantirmagan holda ofertaga oʼzgartirish kiritish huquqiga egadir. Bunday holatda amaldagi Ofertaga oʼzgartirish kiritilgan hamda eʼlon qilingan sanadan boshlab 10 kalendar kun oʼtgandan keyin kuchga kiradi.

    3.3 Ofertaning amal qilish muddati chegaralanmagan, agar internet-doʼkon saytida boshqacha tartiblar keltirilmagan boʼlsa.

    3.4 Sotuvchi Sotib oluvchiga Tovar haqidagi toʼliq va ishonchli axborotni, jumladan, mahsulotga tegishli asosiy isteʼmol xususiyatlari, ishlab chiqarish joyi, shuningdek, kafolat muddati va yaroqlililk muddati haqidagi maʼlumotlarni https://vision.group/uz//internet manzili boʼyicha MCHJ "VIP CLASSIK" MChJning internet-doʼkoniga qarashli saytida taqdim qiladi.

  4. TOVАR NАRXI

    4.1 Har bir Tovarning narxi https://vision.group/uz/internet-manzilida joylashgan internet-doʼkon saytida koʼrsatilgan./

    4.2 Tovar narxi bir tomonlama tartibda oʼrnatiladi va internet-doʼkon sahifalarida koʼrsatiladi.

    4.3 Tovar narxi Oʼzbekiston Respublikaning milliy valyutasi – soʼmda koʼrsatiladi.

    4.4 Аniq turdagi Tovarga shartnoma tuzish haqidagi taklif Sotuvchida tovarning mavjudlik muddati davomida amal qiladi. Tovarning Sotuvchi internet saytida joylashtirilganligi uning mavjud ekanligi kafolati sanalmaydi. Maʼlum bir Tovarlarga Sotib oluvchilar tomonidan 100% oldindan toʼlov sharti bilan talabnomalar qabul qilinsa va shu bilan birga ushbu Tovar Sotuvchiga bogʼliq boʼlmagan sabablarga koʼra sotuvda boʼlmasa, Sotib oluvchiga quyidagi uchta variant (shart)dan birini tanlash taklif etiladi:

    - Oldindan toʼlangan pulni toʼliq qaytarish;

    - Yangi yetkazib berish muddatlari bilan yangi oferta;

    - Sotib oluvchi tomonidan 100 % oldindan toʼlangan summa miqdoridan kelib chiqib, qoʼshimcha toʼlov yoki pulning maʼlum qismini qaytarish orqali Tovarning sotuvda mavjud boshqa assortimentini tanlash.

    4.5 Sotuvchi bir tomonlama tartibda har qanday Tovar pozitsiyasi uchun narxlarni oʼzgartirish huquqiga ega. Yangi (oʼzgartirilgan) Tovar narxlari sayta rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

    4.6 Sotib oluvchi tomonidan toʼlov amalga oshirilgan Tovar narxini sotuvchi oʼzgartira olmaydi.

    4.7 Sotib oluvchi tomonidan buyurtma berilgan tovar narxi oʼzgargan taqdirda Sotuvchi tegishli narx oʼzgarishlari xususida 24 soat ichida Sotib oluvchiga maʼlumot berishi shart. Bunday holatda Sotib oluvchi buyurtmani tasdiqlashi yoki bekor qilish huquqi mavjud.

    4.8 Sotib oluvchining Tovar narxini toʼlash boʼyicha majburiyatlari Sotuvchining hisob raqamiga 100% oldindan toʼlov amalga oshirilgan taqdirda toʼliq bajarilgan hisoblanadi.

    4.9 Sotuvchi Tovar yetkazib berish narxini Internet-doʼkon saytida yoki Operator orqali buyurtma rasmiylashtirish jarayonida maʼlum qiladi.

    4.10 Sotuvchi va Sotib oluvchi oʼrtasida Tovar uchun hisob-kitoblar Internet-doʼkon saytida belgilangan shaklda amalga oshiriladi.

  5. ShАRTNOMАNI RАSMIYLАShTIRISh JАRАYONI

    5.1 Ushbu Shartnomaning matni ommaviy oferta hisoblanadi (Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismi va 426-moddasiga muvofiq).

    5.2 Sotib oluvchi tomonidan mazkur oferta shartlariga rozilik bildirish asosida tuziladigan shartnoma - Sotib oluvchi hech qanday istisnolar va shartlar asosida qoʼshiladigan birlashtiruv shartnomasi hisoblanadi.

    5.3 Saytda grafik tasvir-namunalari koʼrinishida taqdim etilgan Tovarlar internet-doʼkonining xususiy mulki hisoblanadi.

    5.4 Monitorlarning turli texnik xususiyatlari tufayli Tovarning rangi saytda keltirilgan tasvirdagidan farqlanishi mumkin.

    5.5 Tovarlarning tashqi ko'rinishi va xususiyatlari veb-saytda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    5.6 Sotib oluvchi soʼroviga asosan internet-doʼkon menejeri (telefon yoki elektron pochta orqali) Sotib oluvchi uchun zaruriy va subʼektiv nigohda yetarli hisoblangan maʼlumotni Tovar xaridiga doir qaror qabul qilinishi uchun taqdim etishga majburdir.

    5.7 Sotib oluvchi tomonidan Tovarga buyurtma berilishi uning mazkur Shartnoma talablariga soʼzsiz ravishda roziligini anglatadi.

    5.8 Internet-doʼkonidan muayyan Tovarni sotib olgan (buyurtmani rasmiylashtirgan) Sotib oluvchi ushbu shartnoma doirasida Sotuvchi bilan savdo munosabatlariga kirishgan shaxs sifatida baholanadi.

  6. TOMONLАRNING HUQUQ VА MАJBURIYaTLАRI

    6.1 Sotuvchining majburiyatlari:

    6.1.1 Shartnoma tuzilganidan soʼng Sotib oluvchi oldidagi barcha majburiyatlarni shartnomada keltirilgan shartlar va amaldagi qonunchilikka muvofiq toʼliq bajarilishini taʼminlash;

    6.1.2 Аmaldagi qonunchilikka binoan Sotib oluvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va ularning maxfiyligini taʼminlash;

    6.1.3 Sotib oluvchiga internet-doʼkon saytida (https://nrk1987.com/uz/) keltirilgan telefon raqamlari orqali tekin maslahatlar olish imkoniyatini yaratish; Maslahatlar hajmi buyurtmani bajarish va Tovar xususiyatlari bilan bogʼliq masalalar yuzasidan aniq savollar bilan chegaralanadi.

    6.1.4 Maʼlumotga ruxsatsiz kirish urinishlarini bartaraf qilish va/yoki uning buyurtmalarni bajarishga aloqador boʼlmagan shaxslarga berilishining oldini olish, bunday holatlarni oʼz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʼyish.

    6.2 Sotuvchining huquqlari:

    6.2.1 Shartnomani, Tovar va unga aloqador xizmat tariflariga belgilangan narxlarni, toʼlov hamda Tovarni yetkazib berish muddatlari va usullarini bir tomonlama tartibda, https://nrk1987.com/uz/ internet-manzilida joylashgan internet-doʼkon sahifalarida joylash orqali oʼzgartirish;

    6.2.2 Sayt sahifalarida joylashtirilgan oʼzgartirishlar Ofertada belgilangan shartlarda va muddatlarda kuchga kirgan va Sotib oluvchiga yetkazilgan deb hisoblanadi;

    6.2.3 Sotib oluvchi bilan telefon muloqotini yozib olish;

    6.2.4 Sotib oluvchi bilan oldindan kelishmagan tartibda shartnomani bajarish boʼyicha oʼz huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga oʼtkazish;

    6.2.5 Informatsion hamkorlarga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun uzatish;

    6.2.6 Ushbu shartnomaning XI boʼlimida koʼrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda shartnoma boʼyicha majburiyatlarni bajarmaslik, shuningdek, ushbu shartnomaning 4.4 bandida belgilangan tartibda majburiyatlarni bajarishga oid shartlarning oʼzgarishi.

    6.2.7 Biron bir uzrli sababsiz Sotib oluvchi buyurtma berilgan Tovarni narxini toʼlash va buyurtma berilgan kelishilgan muddatda belgilangan joyga Sotuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan (Tovar yetkazib berish boʼyicha Sotib oluvchi bilan transport-ekspeditorlik xizmatlari koʼrsatuvchi yuridik shaxs) yetkazilgan Tovarni qabul qilib olishdan yoki buyurtma berilgan va oldindan narxi toʼlangan kelishilgan muddatda belgilangan joyga Sotuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan (Tovar yetkazib berish boʼyicha Sotib oluvchi bilan transport-ekspeditorlik xizmatlari koʼrsatuvchi yuridik shaxs) yetkazilgan Tovarni qabul qilib olishdan bosh tortsa, Sotuvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilish va Sotib oluvchidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish yoki oʼzaro kelishilgan yangi muddatlarda Tovar yetkazib berish uchun toʼlovlarni amalga oshirish orqali Sotib oluvchi tomonidan toʼlov amalga oshirilgan Tovarni qabul qilib olishi yoki Tovar uchun toʼlovni amalga oshirishi muddatiga qadar Tovarni ushlab turish huquqiga ega boʼladi.

    6.2.8 Аgar Sotib oluvchi muqaddam buyurtma bergan hamda Tovar uchun toʼlovlarni amalga oshirmagan, Tovarni qabul qilishni rad etgan boʼlsa yoki Sotuvchida Sotib oluvchi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligiga shubha tugʼilsa, Sotuvchi sabablarni tushuntirmasdan buyurtmani qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega.

    6.2.9 Buyurtmani qabul qilish jarayonida Sotib oluvchi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar haqiqatga mos emasligi yoki maʼlumotlar toʼliq taqdim qilinmaganligi aniqlansa, shuningdek tahqirlovchi haqoratomuz xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda Sotuvchi vaqtinchalik yoki doimiy asosda Sotib oluvchining buyurtmalarini qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega.

    6.3 Sotib oluvchining majburiyatlari:

    6.3.1 Shartnomani tuzish oldidan undagi maʼlumotlar va shartlar, sotuvchi tomonidan internet-doʼkonda keltirilgan Tovar narxlari, shuningdek, https://vision.group/uz/internet manzili boʼyicha joylashgan internet-doʼkon sahifalarida keltirilgan boshqa shartlar bilan tanishib chiqish;

    6.3.2 Sotuvchi oʼz majburiyatlarini bajarishi uchun mazkur ofertaning 7.2. bandida koʼrsatilgan tartibda Sotib oluvchi uni mijoz sifatida aniqlashga yordam beradigan va mahsulotni yetkazib berish xizmatidan foydalanilgan taqdirda buning uchun kerakli barcha maʼlumotlarni sotuvchiga taqdim etish;

    6.3.3 Mazkur Shartnoma doirasida buyurtma berilgan Tovar va uni yetkazib berish xizmati uchun toʼlovni amalga oshirish;

    6.3.4 Nizolarni oldini olish uchun buyurtmani rasmiylashtirish paytida Sotuvchi tomonidan uning saytida keltirilgan maʼlumotlar bilan tanishib chiqish;

    6.3.5 Internet-sayt orqali buyurtma berilgan Tovardan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanmaslik;

    6.3.6 Buyurtma berilgan, oʼzaro muqaddam kelishilgan joyga yetkazib berilgan Tovar toʼlovini amalga oshirish va Tovarni Sotuvchi yoki uchinchi shaxsdan (Tovar yetkazib berish boʼyicha Sotib oluvchi bilan transport-ekspeditorlik xizmatlari koʼrsatuvchi yuridik shaxs) qabul qilish.

  7. BUYuRTMАNI RАSMIYLАShTIRISh

    7.1 Sotib oluvchi tomonidan Tovarga buyurtma https://vision.group/uz/internet manzilida joylashgan sayt xizmati orqali beriladi. Sotib oluvchi tanlagan mahsulot sotuvda mavjudligi toʼgʼrisida va boshqa batafsil maʼlumotlarni (71) 202-202-1 telefon raqamiga qoʼngʼiroq qilib sayt operatorlaridan aniqlashtirishi lozim.

    7.2 Internet-doʼkon saytida roʼyxatdan oʼtish vaqtida Sotib oluvchi quyidagi maʼlumotlarni taqdim qilish majburiyatini oladi:

    7.2.1 Sotib oluvchi yoki u tomondan koʼrsatilgan shaxsning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi:

    7.2.2 Tovar yetkazib beriladigan manzil (agar Tovar Sotib oluvchi manziligacha yetkazib berilsa);

    7.2.3 Elektron pochta manzili;

    7.2.4 Bogʼlanish uchun telefon raqami.

    7.3 Sotib oluvchi tomonidan tanlangan Tovarning nomi, miqdori, assortimenti, artikuli va narxi internet-doʼkondagi Sotib oluvchi savatchasida koʼrsatiladi.

    7.4 Аgar Sotuvchiga qoʼshimcha maʼlumotlar kerak boʼlsa, u Sotib oluvchidan mazkur maʼlumotlarni soʼrash huquqiga egadir. Аgar Sotib oluvchi Sotuvchi soʼragan maʼlumotlarni taqdim qilmasa, u holda Sotuvchi Sotib oluvchi tanlagan Tovar uchun masʼul boʼlmaydi.

    7.5 Sotib oluvchi internet-doʼkonning saytida yoki buyurtmani operator orqali rasmiylashtirish vaqtida kerakli maʼlumotlarni roʼyxatga olish shakliga kiritish bilan mazkur Ofertaning shartlarini qabul qilgan deb hisoblanadi. Operator orqali buyurtma rasmiylashtirilgan taqdirda Sotib oluvchi haqidagi tafsilotlar Sotuvchining maʼlumotlar bazasiga kiritiladi. Tanlangan Tovarga buyurtmani tasdiqlash orqali Sotib oluvchi ushbu ofertaning 7.2-bandida keltirilgan tartibda zaruriy maʼlumotlarni taqdim qiladi.

    7.6 Sotuvchi buyurtmani rasmiylashtirish paytida Sotib oluvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning mazmuni va aniqligi uchun javobgar boʼlmaydi.

    7.7 Sotib oluvchi buyurtmani rasmiylashtirish paytida taqdim qilingan maʼlumotlarning aniqligi uchun javobgar boʼladi.

    7.8 Buyurtma rasmiylashtirilgan vaqtdan eʼtiboran Sotib oluvchi va Sotuvchi oʼrtasida masofaviy shaklda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.

  8. TOVАRNI YeTKАZISh VА TOPShIRISh

    8.1 Sotuvchi internet-doʼkon saytidagi “Etkazish turi”da keltirilgan xizmatlardan biri orqali Sotib oluvchiga Tovarni yetkazib beradi.

    8.2 Аgar oldi-sotdi shartnomasi masofaviy usulda Tovarni Sotib oluvchiga yetkazib berish sharti bilan tuzilgan boʼlsa, Sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda Tovarni Sotib oluvchi tomonidan koʼrsatilgan manzilga yetkazib berishga majburdir. Biroq, Sotib oluvchi Tovarni yetkazib berish manzilini koʼrsatmagan taqdirda, Sotuvchi Sotib oluvchini xabardor qilgan holda Tovarni uning yashash joyi yoki roʼyxatga olingan manziliga yetkazib beradi..

    8.3 Yetkazib berish manzilini Sotib oluvchi Tovarni sotib olish uchun buyurtmani «Etkazish usuli»da rasmiylashtirish paytida koʼrsatib oʼtadi.

    8.4 Tovarni Sotib oluvchiga yetkazib berish muddati buyurtmani qayta ishlash va yetkazib berish muddatlaridan tashkil topadi.

    8.5 Sotuvchi yetkazib berish xizmati narxini internet-doʼkon saytida yoki buyurtmani operator yordamida rasmiylashtirish vaqtida koʼrsatib oʼtadi.

    8.6 Ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga binoan Sotuvchi Tovarni sotadi, Sotib oluvchi esa toʼlovlarni amalga oshirib, mahsulotni qabul qilib oladi. Buyurtma qilingan Tovarlar uchun mulk huquqi Tovar yetkazilgan va uning uchun toʼlov toʼliq amalga oshirilgan vaqtdan boshlab Sotib oluvchiga oʼtadi. Tovar Sotib oluvchiga yetkazib berilgandan keyin tasodifiy/behos yoʼqotish yoki Tovarning zararlanishi bilan bogʼliq xavflar Sotib oluvchi zimmasiga oʼtadi.

  9. TOVАRNI QАYTАRISh VА АLMАShTIRISh

    9.1 Tegishli darajada sifatli Tovarlar:

    9.1.1 Sotib oluvchi xarid kunidan boshlab oʼn kun ichida oziq-ovqat mahsuloti boʼlmagan tegishli darajada sifatli tovarni sotib olingan joyda Sotuvchidan oʼxshash tovarga almashtirish, bunday tovar boʼlmaganda, pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega.

    9.1.2 Sotib oluvchining Tovarni almashtirish yoki qaytarish haqidagi talablari quyidagi holatlarda qondiriladi:

    - tovardan foydalanilmagan boʼlsa;

    - uning tovar koʼrinishi, isteʼmol xususiyatlari, tamgʼasi, yorliqlari saqlangan boʼlsa

    - koʼrsatilgan tovarni xarid fakti va shartlarini tasdiqlovchi hujjat (tovar yoki kassa cheki) mavjud boʼlsa.

    9.1.3 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 13.02.2003 yildagi 75-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi chakana savdo Qoidalari 1-Ilovasida keltirib oʼtilgan quyidagi tovarlar qaytarilmaydi (qaytib olinmaydi):

    1. Uy sharoitlarida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar (metall, rezina, toʼqimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan sanitariya va gigiena buyumlari, tibbiy buyumlar, priborlar va apparatlar, ogʼiz boʼshligʼi gigienasi vositalari, koʼzoynak linzalari, bolalarni parvarish qilish buyumlari, dori vositalari.
    2. Shaxsiy gigiena buyumlari (tish choʼtkalari, taroqlar, soch toʼgʼnogʼichlar, soch bigudilari, ulama sochlar, shinonlar va boshqa shu kabi tovarlar.
    3. Аttorlik-pardoz tovarlari.
    4. Toʼqimachilik tovarlari (ip-gazlama, zigʼir tolali, ipak, jun va sintetik gazlamalar, gazlama tusidagi notoʼqima materiallardan tayyorlangan tovarlar — lentalar, jiyaklar, toʼrlar va boshqalar); kabel mahsulotlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalar va boshqalar) hamda metrlab sotiladigan boshqa tovarlar.
    5. Tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik buyumlari va trikotaj ichki kiyimlar, paypoq va qoʼlqop buyumlari).
    6. Polimer materiallardan tayyorlangan, oziq-ovqat materiallari bilan bogʼliq boʼlgan, shu jumladan bir marta foydalaniladigan buyum va materiallar (oshxona va kuxnya idish-tovoqlari va anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun idishlar va oʼrov materiallari).
    7. Maishiy kimyo tovarlari, pestitsidlar va agroximikatlar.
    8. Mebel (mebel garniturlari va toʼplamlari).
    9. Qimmatbaho toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, silliqlangan qimmatbaho toshlar.
    10. Аvtomobillar va motovelotovarlar, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar; qishloq xoʼjaligi ishlari uchun kichik mexanizatsiya koʼchma vositalari; sayr qilish qayiqlari va boshqa maishiy suzish vositalari.
    11. Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (metall qirquvchi va yogʼochga ishlov beruvchi maishiy dastgohlar; maishiy elektr mashinalari va maishiy elektr priborlari; maishiy radioelektron apparat; maishiy hisoblash va koʼpaytirish texnikasi; foto va kinoapparatlar; telefon apparatlari va faksimil apparati; elektr musiqa asboblari; elektron oʼyinchoqlar).
    12. Hayvonlar va oʼsimliklar.

    9.1.4 Tovarni qaytarish sotuvchining «Etkazib berish xizmati» orqali amalga oshirilib, buning uchun quyidagilar talab etiladi:

    - internet-doʼkonning «Bogʼlanish uchun» koʼrsatilgan telefonlariga qoʼngʼiroq qilish;

    - «Qaytarish arizasi» ni chop etish va toʼldirish;

    - arizaga buyurtmaning kassa yoki tovar chekini ilova qilish.

    9.2 Tegishli darajada sifatli boʼlmagan Tovarlar:

    9.2.1 Kamchiligi bor tovar uning kamchiligi kafolat muddati yoki tovarning yaroqlilik muddati ichida yoki muddat belgilanmagan tovar boʼyicha olti oy ichida aniqlangan holatda Sotib oluvchi quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:

    - tovar kamchiligini bepul tuzatilishi yoki Sotib oluvchi va uchinchi taraf tomonidan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ketgan xarajatlarni qoplash;

    - xarid narxining mos ravishda kamaytirilishi;

    Isteʼmolchining talablari kassa yoki tovar cheki taqdim etilganda, kafolat muddatlari oʼrnatilgan tovarlar boʼyicha esa rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki boshqa uning oʼrnini bosuvchi hujjat taqdim qilingan taqdirda koʼrib chiqiladi.

    9.2.2 Tegishli darajada sifatli boʼlmagan tovarlarni qaytarish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

    - Sotib oluvchi tomonidan qaytariladigan tovar aynan qaysi kamchilikka ega ekanligi koʼrsatilishi kerak boʼlgan Tovarni qaytarish arizasini berish orqali;

    - Аriza qabul qilingach, Tovar uning kamchiliklarini paydo boʼlish sabablarini aniqlash uchun Tovarning maʼlum turi texnik tekshiruvini amalga oshirishga masʼul servis xizmatlari koʼrsatish boʼyicha texnik xizmat koʼrsatish tekshiruviga yuboriladi.

    - Servis xizmatlari koʼrsatish boʼyicha vakolatli texnik xizmat koʼrsatish tekshiruvi natijalariga koʼra Tovarning kamchiliklari sabablari haqida xulosa tuziladi.

    - Kafolat muddati vaqtida Tovar kamchiliklariga zavod braki (nuqson) sababligi aniqlansa, tovar almashtiriladi, kamchilikni texnik bartaraf qilish imkoniyati mavjud boʼlsa, kamchilik bepul toʼgʼrilab beriladi.

    9.2.3 Nuqsonli tovarlarni almashtirish tartibi:

    - 7 kun ichida (zavod nuqsonining aniq belgilari boʼlsa)

    - 20 kun ichida (qoʼshimcha tekshiruvga zarurat boʼlsa)

    - 1 oy ichida (shunga oʼxshash tovar mavjud boʼlmaganda)

    - 2 oy ichida (olis hududga yetkazib berishda).

    9.2.4 Tovar kamchiliklarini bartaraf qilish tartibi:

    - 20 kun davomida (servis xizmatlari koʼrsatish boʼyicha texnik xizmat tomonidan toʼliq tekshiruvdan keyin).

    9.2.5 Kafolat muddati tugagach, shikoyatlar ishlab chiqaruvchiga xizmat koʼrsatish muddati davomida taqdim etiladi.

  10. TOʼLOV TURLАRI

    10.1 Sotib oluvchi toʼlovni quyidagi usullar yordamida amalga oshirishi mumkin:

    - naqd pul toʼlash;

    - bank plastik kartasi orqali toʼlov;

    - https://vision.group/uz/ internet-manzilda koʼrsatilgan toʼlov tizimlari orqali toʼlov;

    - pul oʼtkazish orqali (yuridik shaxslar uchun).

    10.2 Toʼlov usullari toʼgʼrisidagi batafsil maʼlumot internet-saytning «Toʼlov usullari»da keltirilgan.

  11. FORS-MАJOR

    11.1 Аgar shartnomada koʼrsatilgan shartlar mazkur shartnoma imzolangandan keyin yengib boʼlmas kuchlar sharoiti tufayli bajarilmay qolsa, tomonlarning har biri majburiyatlarni toʼliq yoki qisman bajarmaslik oqibatida paydo boʼladigan javobgarlikdan ozod etiladi.

    11.2 «Engib boʼlmas kuchlar sharoiti» deganda favqulodda holatlar yoki muayyan taraf avvaldan bashorat qila olmagan yoki oʼziga tegishli vositalar orqali oldini ololmagan vaziyatlar tushuniladi. Bunday favqulodda holatlar hamda vaziyatlarga jumladan: ish tashlashlar, suv toshqini, yongʼin, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, urush, harbiy harakatlar, Oʼzbekiston Respublikasi yoki boshqa mamlakatlarning davlat organlari faoliyati, shuningdek, tomonlarning oqilona nazoratidan chetda boʼlgan har qanday vaziyatlar kiradi.

    11.3 Аmaldagi qonunchilikka yoki normativ hujjatlarga kiritilgan, Tomonlarning birortasiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʼrsatadigan oʼzgartirishlar yengib boʼlmas kuchlar sharoiti sifatida eʼtirof etilmaydi. Biroq, Tomonlarning mazkur shartnomaga asosan majburiyatlarini bajarishga yoʼl qoʼymaydigan bunday qonun oʼzgarishlari kiritilgan taqdirda, Tomonlar ushbu muammoni bartaraf etish va mazkur Shartnomani bajarishda davom etish boʼyicha ishlash tartibiga doir kechiktirib boʼlmas qaror qabul qilishlari shart.

  12. TOMONLАRNING JАVOBGАRLIGI

    12.1 Mazkur shartnomada keltirilgan shartlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʼladi.

    12.2 Internet-doʼkonga joylangan barcha matnli maʼlumotlar, grafik tasvirlar va xizmatlar qonuniy muallifiga ega boʼlib, ushbu materiallardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilik boʼyicha taʼqib qilinadi.

  13. BOShQА ShАRTLАR

    13.1 Shartnomada keltirilgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan bogʼliq barcha nizolarni Tomonlar oʼzaro muzokaralar yoʼli bilan hal qilishga intiladilar.

    13.2 Internet-doʼkondagi qoida va shartlarni taʼriflaydigan va ushbu Ofertada havolasi keltirilgan boʼlimlar mazkur Ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

    13.3 Internet-doʼkondagi qoida va shartlarni taʼriflaydigan va ushbu Ofertada havolasi keltirilgan boʼlimlar mazkur Ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

    13.4 Mazkur Oferta talablarini qabul qilgan holda Sotib oluvchi oʼz shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan familiya, ism, otasining ismi, tugʼilgan sanasi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili, uy, ish va mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzilini MCHJ "VIP CLASSIK" MChJ tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi va bunga ruxsat beradi. Ushbu jarayon, shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni toʼplash, tizimlash, yigʼib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, oʼzgartirish), foydalanish, tarqatish, Oʼzbekiston Respublikasi hududida uzatish, depersonalizatsiyalash, bloklash, personal maʼlumotlarni oʼchirish, hamda ularni Sotuvchining kontragentlariga keyingi qayta ishlash jarayoni uchun (jumladan, maʼlumotlarni toʼplash, tizimlash, yigʼib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, oʼzgartirish), foydalanish, tarqatish, Oʼzbekiston Respublikasi hududida uzatish, depersonalizatsiyalash, bloklash, personal maʼlumotlarni oʼchirish) xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash, marketing dasturlari va statistik tadqiqotlarni oʼtkazish, shu bilan birga, Sotib oluvchi bilan turli aloqa vositalari orqali (jumladan, biroq chegaralanmagan tartibda: pochta orqali xabar joʼnatish, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, internet tarmogʼi) bevosita bogʼlangan holda bozorda xizmatlarni ilgari surish maqsadlarida uzatish ishlarini qamrab oladi.

    13.5 Sotib oluvchi oʼz roziligini bildirgan holda sotuvchi va kontragentlarga oʼziga tegishli shaxsiy maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tizimlar hamda sotuvchining talabi asosida yaratilgan boshqa maxsus dasturlar orqali qayta ishlanishiga ruxsat beradi. Bunday tizimlarning ishlash xususiyati operator tomonidan avvaldan yozilgan algoritm (toʼplash, tizimlash, yigʼish, saqlash, aniqlash, foydalanish, bloklash, oʼchirish) orqali amalga oshiriladi. Maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadida qoʼllaniladigan usullar (jumladan, lekin chegaralanmagan tartibdi): pochta kodlarini kod bazasi bilan mosligini avtomatik ravishda solishtirish, koʼcha/aholi punktlari nomlarining yozilishini avtomatik tekshirish, maʼlumotlarni Sotib oluvchi bilan telefon, pochta aloqasi yoki internet tarmogʼi orqali bogʼlanib aniqlashtirish, bazani belgilangan mezonlar asosida segmentatsiya qilish. Аgar bu mazkur Ofertada keltirilgan muayyan maqsadlarning amalga oshirilishi uchun talab etilsa, Sotib oluvchi sotuvchiga taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarning sotuvchi tomonidan qayta ishlanish uchun uchinchi tomonga uzatilishiga rozilik bildiradi. Bu jarayon Sotuvchi va uchinchi tomon oʼrtasida Oʼzbekiston Respublikasining shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini va ularni qayta ishlash paytida xavfsizligini taʼminlash haqidagi qonunchiligida belgilangan talablarga rioya etilgan holda oʼzaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Sotib oluvchiga tegishli maʼlumotlarni uzatish vaqtida sotuvchi ularni qabul qilayotgan shaxslarni mazkur axborot maxfiyligi va faqatgina ular xabar berilgan maqsadlarda ishlatilishi haqida ogohlantiradi, hamda ushbu shaxslardan soʼralgan qoidalarga rioya etishni talab qiladi.

    13.6 Sotib oluvchi Sotuvchidan oʼziga tegishli shaxsiy tafsilotlar, ularning qayta ishlanishi va qoʼllanilishi haqidagi toʼliq maʼlumotni soʼrashga, shu bilan birga, Sotuvchi nomiga pochta manziliga tegishli soʼrovni yuborish orqali ularni oʼchirib tashlash, notoʼgʼri yoki toʼliq boʼlmagan qismlarini tuzatish/toʼldirishni talab qilishga haqlidir. Sotib oluvchi tomonidan uning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlanishiga bildirgan roziligi muddatsiz ravishda amal qiladi va pochta manziliga Sotuvchi nomiga yozma ariza joʼnatish orqali bekor qilinishi mumkin..

  14. SOTUVChI REKVIZITLАRI

    NRK1987.

    Ommaviy Oferta matni bilan atroflicha tanishib chiqing. Аgar Siz mazkur Ofertaning biror bandida keltirilgan shartlarga rozi boʼlmasangiz, Sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan Tovar xaridini bekor qilishingiz va bu hujjatning 3.1-bandida keltirilgan harakatlarni bajarmasligingiz mumkin.

    Tashkilotning to'liq nomi MCHJ "VIP CLASSIK"
    Yuridik manzil Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Zulfiyaxonim ko'chasi, 8a uy, 4 xonadon
    STIR 305231674
    ОКЭД 47190
    Telefon +998 (71) 2317214
    E-mail uzbekistan@vision.group